AVLODLARARO VORISIYLIK: IJTIMOIY-FALSAFIY GENEZISI VA O‘ZBEKISTONDA ZAMONAVIY TRANSFORMATSIYA JARAYONLARI.
Keywords:
Kalit so’zi: Avlod, avlodlararo vorisiylik, vorisiylik, avlodlararo munosabat, ijtimoiy tajriba, tarixiy xotira, madaniy identiklik, ijtimoiy vaqt, ijtimoiy reproduksiya, an’ana, innovatsiya, ma’naviy meros, yosh avlod, modernizatsiya.Abstract
Annotatsiya. Mazkur maqolada avlodlararo vorisiylik fenomenining shakllanish genezisi, ijtimoiy-falsafiy mohiyati hamda zamonaviy jamiyatdagi transformatsion xususiyatlari tadqiq etiladi. Unda “avlod”, “vorisiylik” va “avlodlararo munosabat” tushunchalarining mazmun-mohiyati va kategoriyaviy chegaralari tahlil qilinib, ularning jamiyatning tarixiy davomiyligi, ijtimoiy tajriba va qadriyatlarning avloddan avlodga o‘tishi, tarixiy xotira hamda madaniy identiklikni shakllantirishdagi o‘rni ochib beriladi. Avlodlararo vorisiylikning nazariy asoslari antik davr falsafasi, Sharq mutafakkirlari, xususan, Abu Nasr Forobiy va Ibn Xaldun qarashlari, shuningdek, zamonaviy G‘arb ijtimoiy-falsafiy konsepsiyalari asosida yoritiladi. Tadqiqotda vorisiylikning faqat mavjud tajribani takrorlash emas, balki uni tanqidiy o‘zlashtirish, qayta talqin qilish, yangi bilim va qadriyatlar bilan boyitish hamda kelajak ehtiyojlariga moslashtirish jarayoni ekanligi asoslanadi. Zamonaviy jamiyatda raqamlashtirish, innovatsion rivojlanish va ijtimoiy o‘zgarishlar ta’sirida avlodlararo munosabatlarning an’anaviy biryoqlama uzatish modelidan o‘zaro bilim, tajriba va qadriyatlar almashinuviga asoslangan modelga o‘zgarib borayotgani tahlil qilinadi. Shuningdek, O‘zbekiston sharoitida milliy-ma’naviy merosni asrash, yosh avlodning ijtimoiy faolligini oshirish va modernizatsiya jarayonlarini ta’minlashda avlodlararo vorisiylikning nazariy hamda amaliy ahamiyati asoslab beriladi.
References
1. UNESCO. UNESCO Framework for Culture and Arts Education. – Paris: UNESCO, 2024.
2. United Nations. On the Road to the Second World Summit for Social Development: Contributions from the Regional Commissions. – Santiago: ECLAC, 2025.
3. Carasso E., Segel-Karpas D., Estlein R. The Role of Attachment in Emotional Support Provision in Adult Child–Parent Relationships: A Dyadic Response Surface Analysis // Behavioral Sciences. – 2026. – Vol. 16. – Article 106.
4. Михайлова К.М. Межпоколенческий разрыв и ценностные трансформации в обществе // Мир науки. Педагогика и психология. – 2025. – Т. 13. – № 5.
5. Воюшина Е.А., Постникова М.И. Межпоколенные отношения как основа успешного развития личности человека // Герценовские чтения: психологические исследования в образовании. – 2024. – Вып. 7. – С. 623. – DOI: 10.33910/herzenpsyconf-2024-7-85.
6. Акулич М.М., Ильина И.В. Нравственные качества россиян: поколенческий подход // Вестник Тюменского государственного университета. Социально-экономические и правовые исследования. – 2024. – Т. 10. – № 2 (38). – С. 32. – DOI: 10.21684/2411-7897-2024-10-2-29-45.
7. Abdukarimova G.B. Qariyalarning ijtimoiy faolligi yangilanayotgan O‘zbekistonda avlodlararo vorisiylikni ta’minlash omili: falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi avtoreferati. – Toshkent, 2025.
8. Xojiqulov N.R. Jamiyat muhitida o‘g‘il bola tarbiyasining asosiy yo‘nalishlari va o‘zgarishlar tendensiyasi (ijtimoiy-falsafiy tahlil): falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi avtoreferati. – Namangan, 2025.
9. Uktamov N.I. Zamonaviy o‘zbek jamiyatida ijtimoiy kapitalni rivojlantirish jarayonlari: ijtimoiy-falsafiy tahlil: falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi avtoreferati. – Namangan, 2025.