KATTA ASHULA VA HOFIZLIK AN’ANASINING TARIXIY, IJROCHILIK ASOSLARI
Keywords:
katta ashula, hofizlik, xonandalik, ovoz ruhiyati, musiqiy psixologiya, Farg‘ona vodiysi.Abstract
Annotatsiya
Ushbu maqolada katta ashula va hofizlik an’anasining tarixiy shakllanishi, ijrochilik mezonlari tahlil qilinadi. Katta ashulaning o‘zbek mumtoz musiqasi tizimidagi o‘rni, ovoz ruhiyati va ijrochilik jarayonidagi emotsional omillar ilmiy nuqtai nazardan yoritiladi.
O‘zbek mumtoz musiqa san’ati milliy madaniyatimizning eng qadimiy va murakkab qatlamlaridan biri bo‘lib, uning shakllanishida og‘zaki-professional ijrochilik an’analari yetakchi o‘rin tutadi. Ushbu tizimda katta ashula janri alohida ahamiyat kasb etib, u nafaqat musiqiy ifoda vositasi, balki xalqning estetik qarashlari, ma’naviy dunyosi va ruhiy kechinmalarini mujassamlashtirgan san’at hodisasidir.
XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asr boshlariga kelib, o‘zbek xonandalik amaliyotida hofizlik tushunchasi ustozona ijrochilik maqomini ifodalovchi atama sifatida mustahkamlandi. Ayniqsa, Farg‘ona vodiysida katta ashula ijrochiligi bilan shug‘ullangan xonandalar faoliyati bu an’ananing rivojida muhim rol o‘ynadi. Biroq bugungi kunda katta ashula janrining mohiyati, ijrochilik mezonlari va psixologik asoslari ba’zan noto‘g‘ri talqin qilinmoqda. Shu bois mazkur maqolada katta ashula va hofizlik an’anasining tarixiy shakllanishi, ijrochilik xususiyatlari hamda psixologik omillari ilmiy nuqtayi nazardan tahlil qilinadi.
References
1. Ulmasovich R. U. O‘zbek mumtoz musiqasi merosining milliy va umumbashariy qadryatlari // France-scientific review of the problems and prospects of Modern Science and Education. – 2025. Т. 1. №. 3.
2. Pirmatova, N. (2024). Fargʻona-Toshkent maqom yoʻllari. Modern Science and Research, 3(12), 1294-1296.
3. O‘.Rasulov, “An’anaviy xonandalik o‘qitish metodikasi” A.Navoiy nomidagi, O‘zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti, Toshkent 2006 yil.
4. O.Ibrohimov, “Fergano–Tashkentskiye makomi” Toshkent 2006 yil.
5. R.Yunusov, F.Mamadaliyev “Milliy musiqa ijrochiligi masalalari” Toshkent 2001 yil.
6. S.Begmatov “Hofizlik san’ati” Toshkent 2007 yil.
7. R.Yunusov “O‘zbek xalq musiqa ijodi” (ilmiy–uslubiy tavsiyalar) Toshkent 2000.
8. I.Rajabov “Maqomlar” Toshkent 2006 yil.
9. R.Abdullayev, “Janr katta ashula i yego nositeli”, (san’ashunoslik fanlari nomzodi dissertatsiyasi), Toshkent 1982 yil.